“IT Park” va “WePlay VC” tomonidan indi-dasturchilar uchun tanlov e’lon qilindi. bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

“Indie Games Demo Day” tanlovida mobil qurilmalar, shaxsiy kompyuterlar, konsollar, AR/VR va Web3 uchun o‘yinlar ishlab chiquvchi studiyalar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, jamoada kamida 4ta kishi ishtirok etishi hamda o‘yin Pre-seed/seed bosqichida bo‘lishi kerak.

Loyiha doirasida ishtirokchilar o‘zlarining o‘yin loyihalarini sanoat vakillariga taqdim etib, maslahat va tavsiyalar olishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbir doirasida “WePlay Ventures” boshqaruvchi direktori Burak Yilmaz va “Weplay Ventures” investitsiyalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Saltuxan Gulsen chiqishlari o‘tkaziladi.

Tanlov 27-sentabr kuni soat 11:00da “IT Park"ning Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.


Avvalroq ixtirochilik va ratsionalizatorlik tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.