Rossiyaning yog‘ochni qayta ishlash korxonalari O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishda logistika qiyinchiliklariga duch keldi. Bu haqda “Vedomosti shimoli-g‘arbiy” nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Sentabr oyi boshidan Shimoliy-G‘arbiy federal okrugidagi yog‘ochni qayta ishlash korxonalari Qozog‘iston orqali Rossiya plita mahsulotlarinining tranzitini amalga oshira olmadi. Bunga Qozog‘istonning sanksiya rejimiga rioya qilishi sabab bo‘lgan.

Rossiya mebel va yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalari uyushmasi barcha tovarlarning 40%gacha qismi Qozog‘iston orqali eksport qilinganini ta’kidladi.

Xususan, Ukrainada urush boshlanganidan keyin rus yog‘och savdogarlari Yevropadan Markaziy Osiyoga yo‘naltirilgan.

Shu tariqa, Qozog‘iston orqali tranzitning yopilishi yog‘ochni qayta ishlash korxonalarini O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga chiqish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Fevral oyida g‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari fonida O‘zbekiston Xitoy bilan birga Rossiya yog‘och ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy eksport bozoriga aylangani xabar qilingandi.