“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 8−9 dekabr kunlari 767/768-sonli va 10-dekabr kuni 775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd harakatlanadi.

Poyezd qatnovi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

  • Samarqand 11:13 — Toshkent 13:23;

768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

  • Toshkent 13:39 — Samarqand 15:49;

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

  • Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20;

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Shuningdek, 7-dekabrdan Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezd qatnovi amalga oshiriladi.

10-dekabrdan esa Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishidagi alohida yo‘lovchi poyezdi qatnovlarni boshlaydi.