“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezd qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

60/59-sonli Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishidagi qo‘shimchi qatnovlar joriy yilning 7-dekabridan amalga oshirilib, quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi

  • Toshkent 07:56 — Andijon 14:00;

59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi

  • Andijon 15:58 — Toshkent 21:53.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Joriy yilning 10-dekabridan 82/81-sonli Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishidagi alohida yo‘lovchi poyezdi qatnovlarni boshlaydi.

Avvalroq 23-noyabrdan Toshkent-Xojikent yo‘nalishidagi elektropoyezd qatnovi tiklangani haqida xabar berilgandi.