Yil yakuni: O‘zbekiston onlayn ta’limga qanday o‘tmoqda va nima uchun xususiy universitetlarning mashhurligi ortmoqda?

Ekspertlar mamlakatda nodavlat oliy ta’lim qanday rivojlanayotgani, nima uchun onlayn kurslar tobora ommaboplashayotgani hamda 2024-yilda sohani nimalar kutayotgani haqida Spotga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Madina Umurzoqova qanday qilib $100 bilan Toshkentda event-agentligini tashkil etgan?

Madina Wedding asoschisi cho‘ntagidagi $100 bilan o‘z biznesini qanday ochgani, biznes-reja namunasi qanday ko‘rinishda bo‘lishi va sohada faoliyat boshlash istagida bo‘lganlar uchun o‘z maslahatlarini Spot bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


HR-sohasidagi yil yakunlari: kompaniyalarning soyadan chiqishi, ish haqining oshishi hamda mutaxassislar yetishmovchiligi

“Spot” ekspertlar bilan 2023-yilda mehnat bozorida nimalar sodir bo‘lgani, ko‘proq qanday mutaxassislar yetishmayotgani, ekspatlarga nisbatan munosabat qanday o‘zgarib borayotgani va kelgusi yilda nimalar kutilayotganini muhokama qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yil yakunlari: O‘zbekistonda elektron tijorat bozori qanday rivojlandi va 2024-yilda soha bilan nimalar sodir bo‘ladi?

Spot yil sarhisobini davom etadi. Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov, Asaxiy asoschisi Firuz Allayev va Wildberries vakillari mamlakatda elektron tijorat bozori qanday rivojlanayotgani, platformalar tomonidan qanday yangi texnologiyalar joriy etilayotgani va kelasi yilda marketpleyslar bilan nimalar yuz berishi haqida so‘zlab berishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


2024-yilda qanday biznes ochish mumkin: 6ta biznes g‘oya

“Spot” yangi biznes boshlash niyatida bo‘lganlar uchun bir nechta g‘oyalarni taqdim etadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


  1. Xotin-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
    Shuningdek, ayollar kiyim-kechaklarini ishlab chiqaruvchilarga bino ijarasining to‘lovi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
  2. Oksford universitetida O‘zbek tili markazi ochildi.
    Markazning dastlabki mashg‘ulotlari kelasi yilning yanvar oyida 15 nafargacha talaba ishtirokida boshlanishi rejalashtirilgan.
  3. Prezident 2024-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi.
    Kelasi yil uchun budjet defitsining cheklangan miqdori YaIMning 4%i miqdorida belgilandi.
  4. Hukumat yangi avtomobillarni bir kishiga sotishni cheklashga qaratilgan qarorni qabul qildi.
    Ichki bozordagi talabdan kelib chiqib avtomobil sotuvchisi bir kishi bilan yiliga ikkitadan ortiq shartnoma tuzmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
  5. “UzAuto Motors” “Cobalt”, “Damas” va “Labo” uchun kontraktatsiyani yakunladi.
    25−27 dekabr kunlari ochilgan onlayn kontraktatsiyada mazkur avtomobillarning 2024-yilgi hajmi uchun shartnomalar berildi.
  6. Oilaviy tadbirkorlarga doimiy xodimlari sonini oshirish huquqi berildi.
    Endilikda oilaviy korxonalar 5tagacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda ishga jalb qilishlari mumkin. Ilgari 3tagacha xodimni yollash mumkin edi.
  7. Keyingi yilda ijara to‘lovlarining minimal stavkalari qanday bo‘ladi?
    Belgilangan o‘zgarishlar binolar va avtomobilni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortishda qo‘llaniladi.
  8. 2023-yilda Alisher Usmonov boyligi $20 mlrddan oshdi — “Guardian”.
    Ro‘yxat yetakchilari Ilon Mask va Mark Sukerberg “Tesla” va “Meta” kompaniyalarining o‘sishi hisobiga $100 mlrdga yaqin daromad oldi.
  9. 31-dekabrda Toshkent metrosidan bepul foydalanish mumkin bo‘ladi.
    Shu kuni yo‘lovchilar soat 05:00dan 1-yanvar soat 01:00gacha to‘lov qilmasdan foydalanishlari mumkin.
  10. “UzAuto Motors” boshqalar nomidagi shartnomalarni sotib olmaslikka chaqirmoqda.
    Kompaniya xaridorlar tomonidan sotuvga chiqarilayotgan shartnomalar monitoringini olib bormoqda hamda ularning maxsus ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

OXYmed Go: OXYmed dorixonalar tarmog‘i onlayn buyurtma xizmatini ishga tushirdi

Endilikda OXYmed dorixona tarmog‘i xaridorlari kerakli dori-darmonlarni OXYmed Go saytida onlayn buyurtma qilib, uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

O‘zbekistonda B2B LG akademiyasi ochiladi

Akademiyaning maqsadi tizim integratorlarini sanoat konditsionerlari va professional displeylar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitishdir. Markaz shourum formatida ish olib boradi.

Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi

2023-yil raqamli markirovka tizimi uchun samarali bo‘ldi. Asosiy harakatlar tizimni rivojlantirish va mobil ilovani takomillashtirishga qaratildi.