“Toshkent metropoliteni” Yangi yil bayrami munosabati bilan 31-dekabr kuni yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Shu kuni metroning to‘liq faoliyat ko‘rsatish vaqti davomida bepul foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bunda barcha metro bekatlari 31-dekabr kuni soat 05:00dan 1-yanvar soat 01:00gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

“Bayram munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan” amlaga oshirilayotgani qayd etilgan xabarda.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida — 2023-yilning 30-dekabr hamda kelasi yilning 1−2-yanvar kunlari metro poyezdlari boshqa tartibda harakatlanadi.

Ya’ni, shu kunlari yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00dan 00:00gacha olib boriladi.

Avvalroq Toshkentning qaysi bozorlarida savdo yarmarkalari tashkil etilgani haqida ma’lumot berilgandi. Poytaxt tumanlaridagi jami 13ta bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etilgan.