Fuqarolar Germaniyadagi yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnikum yoki kollej diplomi va tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

Bundan tashqari, Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC bo‘yicha nemis tilidan kamida A2 sertifikati, “Ausbildung” uchun esa maktab shahodatnomasi va nemis tilidan B1 sertifikati talab qilinadi.

Shuningdekm 20 yoshdan 40 yoshgacha, sog‘lom, xushmuomala, mas’uliyatli bo‘lishi zarur.

Oylik 1700 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin). Ausbildung tizimida 3 yil davomida ajratiladigan stipendiya oyiga 900 yevrodan boshladi.

Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi. Sinov muddatidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati yaratiladi.

Ish davomida 1 yilda 30 kun ta’til mavjud. Ishchilarga arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘maklashiladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni 1 202−33−55, 200−00−61 yoki 1282 raqamlari orqali olish mumkin.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga hamshiralikka ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.