Markaziy bankning 18-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12694 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasining rasmiy kursi kun davomida 23 so‘m 12 tiyinga oshdi.

18-aprel kuni “Tengebank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Infinbank"da sotish kursi 12760 so‘mni tashkil qiladi. “Garantbank"da esa 12755 so‘m. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12750 so‘mdan 126700 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12680 so‘mdan 12600 so‘mgacha yetdi.