“Yashil” energetika O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 45 foizdan ortig‘ini ta’minladi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

24-iyun soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 11 728 MVtni, iste’mol esa 11 365 MVtni tashkil etdi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari 5310 MVt quvvatni ta’minladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1585 MVt yoki 42,6% ga ko‘pdir.

Natijada generatsiya tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi 33,6% dan 45,3% ga oshdi.

Energetika vazirligining ta’kidlashicha, yashil generatsiyaning o‘sishi issiqlik elektr stansiyalariga yuklamani kamaytirish imkonini berdi.

Ularning ishlab chiqarishi 7243 MVtdan 6293 MVtgacha, IESlarda tabiiy gaz iste’moli esa 293 ming kub metrga kamayib, 1272 ming kub metrga yetdi.

8-iyun kuni O‘zbekistonda yil boshidan buyon “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 milliard kVt/soatga yetdi.

Shundan 3 mlrd 48 mln kVt⋅soat quyosh fotoelektr stansiyalari, 1 mlrd 952 mln kVt⋅soat esa shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.


Avvalroq Spot Energetika vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangani haqida yozgandi.

Umid Mamadaminov va Umarjon Egamberdiyev Jo‘rabek Mirzamahmudovga o‘rinbosar bo‘ldi.