Bir oyda energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 500ga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbout xizmati xabar berdi.

Inspeksiya tomonidan elektr va gazdan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazorat tabirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning may oyida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 489ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Aniqlangan holatlarning 312tasi elektr, 177tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Namanganda xavfsizlik choralarini ko‘rmagan 2ta metan zapravka gazdan vaqtincha ajratildi. Farg‘onada metan zapravka 1 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gazni, yana biri esa 3,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi.

Avvalroq To‘rtta viloyatdagi 15ta AYoQShda sifatsiz benzin sotilgani aniqlangani haqida xabar berilgandi. Natijada, iste’molchilarga 201 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.