2024-yil 1-sentabr holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 3,9 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 97,8% ga (1,9 mln nafarga) oshgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57%ini erkaklar, 43%ini ayollar tashkil qiladi.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
- maishiy xizmatlar — 150,8% (984,1 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 137,3% (212 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 116,3% (54,1 mingta).
Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (456 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (399 ming) va Andijon viloyatlari (360 ming) turibdi.
Joriy yilda 318,2 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.
Avvalroq “Spot” o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar berilishi haqida yozgandi.
Mablag‘lar oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilib, issiqxonalar qurish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish mumkin.