O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 736,48 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 21 so‘m 17 tiyinga pasaydi.
Sentabr oyida dollar kursi 24-sentabr, 13-sentabr va 12-sentabr kunlari yangi rekord darajani qayd etdi.
Bungacha dollar kursi 23-sentabr, 20-sentabr, 18-sentabr, 17-sentabr, 11-sentabr, 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.