Toshkentning to‘rtta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
12-noyabr kuni ta’mirlash ishlari sabab Sergeli, Bektemir, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Sergeli tumani (soat 10:00dan 14:00gacha)
- Aholi iste’molchilari soni: “Xonobod” MFY Beruniy, Sohil va Kichik soy ko‘chalardagi 835ta yerli xonadon, “Eshonbuloq” MFY Muanna, Xonobod ko‘chalardagi 467ta yerli xonadon, “Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo ko‘chalardagi 730 ta yerli xonadon
- Ulgurji iste’molchilar soni: 48 ta
Bektemir tumani (soat 10:00dan 14:00gacha)
- Aholi iste’molchilari soni: ko‘p qavatli uylardagi 60ta xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 6ta.
Mirobod tumani (soat 10:00dan 17:00gacha)
- Aholi iste’molchilari soni: “Birodarlik” MFY Oq uy ko‘chasidagi 55 ta xonadon
Yakkasaroy tumani (10:00 dan 17:00 gacha)
- Ulgurji iste’molchilar soni:1ta
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.