Buxoro viloyatida 943,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomanidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Romitan tumanida joylashgan “A.F.F.” fermer xo‘jaligi mas’ullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 943,7 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, tadbirkor paxtani qayta ishlash sexini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab olgani aniqlangan.