O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 920,48 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 7 so‘m 79 tiyinga pasaydi.
Bir kun oldin dollar kursi yangi rekord o‘rnatib, 12 930 so‘mga yaqinlashdi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 18 so‘m 47 tiyinga oshib, 12 928,27 so‘mni tashkil etdi.
24-dekabr kuni dollar kursi yana yangi rekord o‘rnatib, 12 909,80 so‘mni tashkil etdi. 23-dekabr kuni dollar kursi yangi rekord o‘rnatib, 12 900 so‘mdan oshdi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 9 so‘mga oshib, 12 902 so‘mni tashkil etgandi.
Bundan oldin dollar kursi to‘rt marta rekordni yangilab, 20-dekabr kuni 12 893,07 so‘mni, 14-dekabr kuni 12 892,97 so‘mni, 13-dekabr kuni 12 880 so‘mni, 10-dekabr kuni esa 12 874,02 so‘mni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘lgan.