IT Park qoshidagi StartupBase platformasi Singapore-Jinan Innovation Entrepreneurship Contest innovatsion loyihalar tanloviga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qildi.
Tanlov Xitoyning TusStar kompaniyasi tomonidan Astana Hub, Innovation Hub Shanghai va Growth Vision Pro tashkiloti ko‘magida tashkil etilmoqda.
Qayd etilishicha, tanlov Xitoy bozoriga kirishni istagan yuqori texnologiyali sohalardagi startaplar uchun mo‘ljallangan.
Tanlovning asosiy yo‘nalishlari:
- katta ma’lumotlar va yangi avlod axborot texnologiyalari;
- aqlli ishlab chiqarish;
- iIlg‘or materiallar;
- yashil energiya;
- biotexnologiya va sog‘liqni saqlash;
- kelajak sanoati;
- zamonaviy qishloq xo‘jaligi.
Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan moliyalashtirilgan Xitoyga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. U yerda ular uchun yetakchi investorlar bilan uchrashuvlar, yirik kompaniyalar va innovatsion markazlarga tashriflar tashkil etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 15-maygacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
G‘oliblar $400 minggacha moliyaviy yordam olishlari mumkin. Mazkur tanlov Xitoydan tashqarida ta’lim olgan yoki mehnat faoliyatini olib borgan barcha startap asoschilari uchun ochiq hisoblanadi.