Andijonda subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilgan tadbirkor va mansabdor shaxslar aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Agentlik subsidiya mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi bo‘yicha Andijon viloyatida o‘rganish o‘tkazdi.
Jalaquduq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi mansabdor shaxslari S.T.X korxonasi rahbari F.X. bilan oldindan til biriktirgan.
2023-yilda tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida 25 nafar ishsiz ayol korxonada kasanachi sifatida ish bilan taʼminlangani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, ularga 247,5 mln so‘mlik tikuv asbob-uskunalari berilgani haqida hujjatlar tayyorlangan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallar asosida viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘onada soliqchi ukasiga berilgan 48 sotix yerni boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirish evaziga $30 ming pora olayotganda ushlangandi.
Avvalroq to‘qimachilik kompaniyalari uchun ijtimoiy soliq 1% etib belgilangani haqida xabar berilgandi.
