Financial Times nashri 2025-yilning biznes, iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi eng sara kitoblarini e’lon qildi.

Ro‘yxatdagi kitoblarda Huawei va OpenAI kompaniyalarining shakllanish tarixi, ayollarning iqtisodiyotdagi roli hamda ekologiyaning eng muhim masalalari hikoya qilinadi.


Biznes haqida eng yaxshi kitoblar:

“Daydi milliarder”, Devid Gelles

Mazkur tavsiya qilingan kitobda Patagonia kiyim-kechak brendi asoschisi Ivon Shuinarning biografiyasi hikoya qilinadi.

Unda Shuinar qanday qilib o‘z biznesini ekologik qadriyatlarga tayangan holda qurib, tadbirkorlikni maksimal foyda olishdan voz kechish bilan uyg‘unlashtirgani yoritiladi.

biznes, iqtisodiyot, kitoblar, kitoblar tavsiyasi, texnologiyalar


“Innovatsiyalarning yangi geografiyasi”, Mehran Gul

Kitob innovatsiyalar endi Silikon vodiysining monopoliyasi bo‘lmay qolganini va butun dunyo bo‘ylab tarqalayotganini ko‘rsatadi.

Muallif hozirgi kunda ilg‘or texnologiyalar qayerda paydo bo‘layotganini, shuningdek, qaysi hududlar Amerika texnologiya korporatsiyalariga raqobat qilishga tayyor ekanligini tahlil qiladi.


“Huawei xonadoni”, Yeva Dou

Muallif dunyodagi eng yopiq va ta’sirli texnologiya kompaniyalaridan biri — Huawei haqida hikoya qiladi. Kitobda u AQSH va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy qarshilik fonida bu texnologik gigantning tarixini, uning rahbariyatini va Xitoy hukumati bilan aloqalarini tahlil etadi.

biznes, iqtisodiyot, kitoblar, kitoblar tavsiyasi, texnologiyalar


“Sun'iy intellekt imperiyasi”, Karen Xao

Kitob OpenAIning shakllanishi, shuningdek, kompaniya bosh direktori Sem Altmanning roli, qarashlari va intilishlari haqida. Muallif uning boshqaruv uslubi va generativ sun’iy intellekt atrofidagi ritorikasiga urg‘u beradi.


Iqtisodiyot bo‘yicha eng sara kitoblar:

“Iqtisodiyot: Ayollar, boylik va hokimiyatning global tarixi”, Viktoriya Beytmen

Muallif tosh asridan to bugungi kungacha jahon iqtisodiyotida ayollarning o‘rnini tahlil qilib, ularning iqtisodiy jarayonlardan chetlatilishi jamiyatlarni inqirozga olib kelgan, degan xulosaga keladi.

Beytmenning ta’kidlashicha, teng imkoniyatlarni hech qachon o‘z-o‘zidan tushunarli narsa deb qarash mumkin emas.


“Iqtisodiy urush holatidagi dunyo”, Rebekka Xarding

Ushbu kitobda muallif iqtisodiyot qanday qilib geosiyosiy qarama-qarshilik maydoniga aylanganini tushuntirib beradi. U savdo, investitsiyalar va texnologiyalar tazyiq vositasiga aylangan hozirgi zamonaviy dunyoda Buyuk Britaniyaning istiqbollarini tahlil qiladi.

biznes, iqtisodiyot, kitoblar, kitoblar tavsiyasi, texnologiyalar


“Taraqqiyot qanday tugaydi”, Karl Frey

Frey sun’iy intellekt rivojlanishining oqibatlari va texnologik taraqqiyotning sekinlashishi yoki umuman yo‘q bo‘lib ketishi sabablarini tahlil qiladi.

Uning fikricha, innovatsiyalar qoidalarni buzishni talab qiladi, ammo samarali ijro etish ularga rioya qilishga tayanadi. Aynan shu ikki qarama-qarshi sharoit o‘rtasidagi muvozanat keyingi o‘sish uchun zarur hisoblanadi.


Texnologiyalar haqidagi eng yaxshi kitoblar:

“Iste'mol qilingan”, Sabira Chaudhuri

Kitob muallifi tomonidan ta’kidlashicha, yirik korporatsiyalar ongli ravishda iste’molchilarni bir martalik plastik qadoqlarga ko‘niktirib, marketingga milliardlab dollar sarmoya kiritgan.

Kompaniyalar kundalik mahsulotlarni butun sayyoramiz uchun ekologik oqibatlarga ega bo‘lgan taniqli brendlarga aylantirdi.

biznes, iqtisodiyot, kitoblar, kitoblar tavsiyasi, texnologiyalar


“Chizmalar”, Markus Dyu Sotoy

Matematika musiqa, arxitektura va san’atning boshqa sohalarida ijod qilishga qanday yordam beradi. Kitob muallifi matematik qonunlar ijodkorlik manbaiga aylanishini ko‘rsatadi.


“Havoni tozalash”, Xanna Richi

Elektromobillar haqiqatan ham ekologik toza va “yashil” energiya qimmatroqmi? Muallif ekologiya va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq turli afsona va shubhalarni ilmiy tadqiqotlarga tayangan holda tahlil qiladi.

biznes, iqtisodiyot, kitoblar, kitoblar tavsiyasi, texnologiyalar


Avvalroq Spot 2025-yilda tadbirkorlar tomonidan tavsiya etilgan kitoblarni e’lon qilgandi.

Ro‘yxatga badiiy adabiyotlar, avtobiografiyalar va shaxsiy o‘sish hamda biznesni rivojlantirishga oid kitoblar kiritilgan.