O‘zenergoinspeksiya AYQShlarda avtobenzinning sifati bo‘yicha shubha tug‘ilsa kimga va qanday murojaat qilish kerakligi bo‘yicha maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, yonilg‘i sotib olingan yoqilg‘i quyish shoxobchasining to‘liq nomi va manzili, mahsulot uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi chek saqlangan bo‘lishi kerak.
Agar avtotransport vositasining dvigatelida nosozlik aynan sifatsiz yonilg‘i sababli kelib chiqqan bo‘lsa, dvigatel ta‘miri olib borilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasining rasmiy tasdiqlangan xulosasi talab etiladi.
Amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq, avtomashinaning yonilg‘i bakidan neft mahsulotlaridan namuna olish va uning sifatini tahlil qilish belgilanmagan.
Sifat tekshiruvi faqat shubha tug‘ilgan yoqilg‘i quyish shoxobchalarda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan belgilangan standart talablar asosida namuna olish orqali amalga oshiriladi va kimo-nazorat laboratoriyalarida tahlil qilinadi.
Shubha tug‘ilgan AYQShlar bo‘yicha O‘zenergoinspeksiyaning ishonch telefoni — 71 208−10−15 ga murojaat qilish mumkin.
Avvalroq 2-fevraldan metan “zapravka"lar faoliyati tiklanishi haqida xabar berilgandi.
