Bugungi kunda buxgalteriya biznesda faqatgina hisobot topshirish bilangina cheklanib qolmayapti. Ayniqsa, kompaniyaning yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan bo‘lsa, bunday kompaniyalar uchun bu biznesni boshqarish masalasiga aylangan. Hisob-kitobdagi xatolar, shaffof bo‘lmagan xarajatlar, hujjatlar nazoratining sustligi va soliq tavakkalchiliklaridan kelib chiqadigan muammo pul, hamkorlar yoki tekshiruvlarga ta’sir qilmagunicha sezilmasligi mumkin.

Bu jarayonlarda tartib bo‘lmasa, oqibatlar tezda buxgalteriyadan tashqariga chiqib ketadi. Xarajatlarning ko‘payishi, hujjatlardagi xato, bahsli soliq masalasi yoki hisob raqamlari bilan haqiqiy holat o‘rtasidagi tafovutni rahbar juda kech payqashi mumkin. Shu sababli, biznes uchun shunchaki hisobotlarni o‘z vaqtida yopish emas, balki pul, majburiyatlar va xavf-xatarlar bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan narsalarni tushunish ham muhimdir.

Aynan shu o‘rinda autsorsingga ehtiyoj yuzaga keladi. Bu — kompaniyalar uchun shtatdagi xodimlarni almashtirish kerak degani emas. Aksincha, qo‘shimcha tajriba, xolis nigoh va tizimli nazorat talab etiladigan yo‘nalishlarda ishni kuchaytirish usulidir.

calculator, reklama

Autsorsing qanday vazifalarda yordam beradi?

Biznes o‘sib borar ekan, buxgalteriyaga ham yuklama ortadi. Alohida e’tibor talab qiladigan vazifalar paydo bo‘ladi:

  • buxgalteriya va moliyaviy nazorati;
  • shtat buxgalteriyasi ustidan nazorat qilish;
  • buxgalteriya hisobini tiklash;
  • audit;
  • investorlar, banklar va xalqaro hamkorlar uchun hisobotlar tayyorlash;
  • moliyaviy model tuzish;
  • soliq maslahati va optimallashtirish;
  • huquqiy yordam.

Tashqi jamoa bu yo‘nalishlarni o‘z zimmasiga olib, shtatdagi mutaxassislarning xotirjam ishlashiga yordam berishi mumkin. Ular zaif nuqtalarni aniqlaydi, hujjatlarni tartibga keltiradi, soliq yukini baholashga ko‘maklashadi va rahbariyatga qaror qabul qilishi uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlab beradi.

calculator, reklama

Biznes egasi va direktori uchun bunday jamoaning amaliy foydasi shundaki, shaxsan nazorat qilishga kamroq vaqt sarflaydi. Doimiy ravishda hujjat qayerdaligi, muddatlar va hisobotlar tayyor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishi shart emas. Biznes aniq ish tartibiga ega bo‘ladi: kim qaysi yo‘nalishga mas’ul, nima ishlar qilingan va qayerda xatarlar yuzaga kelishi mumkinligi oydinlashadi. Calculator Consulting Agency — biznesga buxgalteriya hisobi, soliq xatarlari, moliyaviy nazorat, audit va huquqiy masalalarda yordam beruvchi kompaniya bo‘lib, ayni shu kabi hamrohlik formatini rivojlantirib kelmoqda.

calculator, reklama

Calculator Consulting Agency — biznes uchun kompleks yechimlar

Calculator” kompaniyasi 2023-yildan buyon buxgalteriya, moliya, audit va soliq maslahati sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu vaqt ichida u 70 nafardan ortiq mutaxassisdan iborat jamoaga aylandi. Bugungi kunda buxgalteriya hisobi, soliq, huquq, audit, moliya va tahlil bo‘yicha ekspertlar bir jamoa bo‘lib ishlamoqda.

Calculator” oddiy buxgalteriya kompaniyasi kabi emas, balki biznes uchun moliyaviy-konsalting hamkor sifatida ishlaydi. Ishlash formati aniq vazifaga qarab tanlanadi — bir kompaniyaga o‘tgan davrlar uchun hisobni tiklash kerak bo‘lsa, boshqasiga doimiy kuzatuvni yo‘lga qo‘yish, uchinchisiga esa moliyaviy model, MHXS transformatsiyasini tayyorlash yoki soliq yukini baholash zarur.

calculator, reklama

Calculator” mijozlari — ishlab chiqarish kompaniyalari, developerlar, IT-biznes, riteyl va xalqaro loyihalar bo‘lib, ular orasida quyidagilar bor:

  • Way II, Wendy’s, Uzum, Caspian Partners, Eclair, Munosal, Sardor Avto Invest, Cosco Engineering, Pipls, Yashil Energiya, Kasaba Uyushmasi Federatsiyasi, Udevs, Delever, First Homes, SoftWell va boshqa ko‘plab kompaniyalar.

Calculator kompaniyasi buxgalteriya hisobining operatsion vazifalaridan tashqari, soliqlarni optimallashtirish, moliyaviy transformatsiya hamda mulkdorlar va hamkorlar uchun hisobotlar tayyorlash bilan bog‘liq loyihalarni ham amalga oshiradi. Shu davr mobaynida kompaniya 300 dan ortiq biznesga shaffof hisob yuritishni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish va operatsion risklarni kamaytirishga ko‘maklashdi. Amalga oshirilgan loyihalar doirasida mijozlarning umumiy tejamkorligi esa 200 mlrd so‘mdan oshdi.

calculator, reklama

Soliqlarni optimallashtirishning o‘zi alohida yo‘nalishdir. Mutaxassislar yechim taklif etishdan avval hisob, hujjatlar, shartnomalar va biznes vazifalarini o‘rganib chiqadi. Bunday yondashuv soliq yukini ortiqcha tavakkalchilarsiz qayerda kamaytirish mumkinligini tushunishga yordam beradi. Bunda natija faoliyat sohasi, aylanma, hisobning holati va mijozning vazifalariga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda barcha uchun yagona universal yechimning o‘zi yo‘q.

Yana bir muhim tamoyil — maxfiylik. Biznes tashqi mutaxassislarga moliyaviy ma’lumotlar, shartnomalar, hisobotlar va ichki hujjatlarni taqdim etadi, shuning uchun ma’lumotlar bilan ishonchli ishlash hamkorlikning majburiy shartiga aylanadi.

Kompaniyada, shuningdek, bajarilgan ishlar yuzasidan mijozga muntazam hisobot berib borish ko‘zda tutilgan. Bu mijozga nimalar qilingani, qanday masalalar hal etilayotgani va qaysi o‘rinlarda uning ishtiroki zarurligini anglab turish imkonini beradi. Eng asosiysi kompaniya bajarilgan ishlarga uch yillik kafolat taqdim etadi.

calculator, reklama

Hisob-kitobning shaffofligi va ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati

Biznesni boshqarishda nafaqat buxgalteriya va moliya hisobining sifati, balki ma’lumotlardan foydalanish tezligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar har bir dalolatnoma, solishtirma yoki ko‘rsatkichni yozishmalar orqali qidirishga to‘g‘ri kelsa, rahbar operatsion masalalarni aniqlashtirishga vaqt yo‘qotadi va umumiy vaziyatni kechikish bilan bilib oladi.

Calculator"da jarayonlarning bir qismi avtomatlashtirilgan, hisob-kitob ma’lumotlariga esa 24/7 kirish imkoni mavjud. Bu kundalik ish uchun qulay: kerakli ma’lumotlarni nafaqat hisobot topshirishdan oldin, balki hujjatlar, solishtirma dalolatnomalari yoki joriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha savol tug‘ilganda ham tekshirib olish imkonini beradi.

Hujjatlar hajmi katta bo‘lganda, ma’lumotlarni yozishmalar va alohida fayllar orasida yo‘qolib qolmasligi ayniqsa muhim. Axborotni tezda topish imkoni bo‘lsa, raqamlarni solishtirish, majburiyatlarni tekshirish va qaror qabul qilishni oy oxiriga qoldirmaslik osonlashadi. Qidiruv kamayadi, aniqlashtirishga hojat qolmaydi, takroriy so‘rovlar yo‘qoladi. Bunday yondashuv bilan hisob-kitob shunchaki hujjatlar to‘plami emas, balki biznesning kundalik faoliyatiga yordam beradigan tushunarli bir tizimga aylanadi.

“Calculator"dan (+998) 78−113−71−31 telefon raqami orqali yoki saytda maslahat olish mumkin.

Sayt: calculator.uz
Facebook: fb.com/calculator.uz
Instagram: @calculator_uz

Reklama huquqlari asosida.