20−22-may kunlari Savdo-sanoat palatasi Xitoyning Sian shahrida Uchinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumini tashkil etadi. Tadbir O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida investitsiya, savdo, innovatsiya, turizm va “yashil” taraqqiyot sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlanadi.
Forum dasturidan Xitoy kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlari, yangi eksport yo‘nalishlarini muhokama qilish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va Made in Uzbekistan milliy ko‘rgazmasida ishtirok etish o‘rin olgan.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, forum ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini topish va hamkorlikni kengaytirish uchun platforma vazifasini o‘taydi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ishtirok etish bo‘yicha savollar uchun: 78 150−60−06 (713)