3-iyun kuni BS/2 kompaniyasi Toshkentda bank sektori, fintex-kompaniyalar va texnologik hamkorlar vakillari uchun Banking Fusion Uzbekistan 2026 xalqaro forumini o‘tkazadi.
Tadbir sakkiz mamlakatdan bank top-menejerlari, moliya bozori ekspertlari va raqamli transformatsiya bo‘yicha mutaxassislarni bir yerga jamlaydi.
Dasturdan bank sohasida sun’iy intellekt, ma’lumotlar bilan ishlash, raqamli aktivlar, bank jarayonlarini avtomatlashtirish, to‘lov infratuzilmasi hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy keyslar o‘rin olgan.
Ishtirokchilarni ekspertlarning chiqishlari, panel munozaralari, yechimlar taqdimoti hamda mintaqada moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar vakillari bilan tajriba almashish imkoniyati kutmoqda.
Dastlabki ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.