9-iyul kuni AlHuda CIBE xalqaro konsalting va ta’lim tashkiloti Toshkentda Islom bank ishi va moliyasi bo‘yicha 5-forumni o‘tkazadi.
Tadbir MDH mamlakatlari va boshqa davlatlardan regulyatorlar, markaziy banklar, moliya institutlari, investorlar, shariat ekspertlari va soha vakillarini bir joyga to‘playdi.
Dastur markazida islomiy moliyaviy vositalarni rivojlantirish, tartibga solish yondashuvlari, shariat boshqaruvi, islomiy fintex, takaful, ijara va sohada inson kapitalini rivojlantirish masalalari turadi.
Shuningdek, ishtirokchilar xorijiy investitsiyalarni jalb etishda islomiy moliyaning o‘rni va shariatga muvofiq yechimlarni mintaqa mamlakatlari moliya tizimlariga integratsiya qilishni muhokama qiladilar.
Asosiy dasturdan tashqari, tashkilotchilar islomiy moliya sohasidagi yutuqlar uchun taqdirlash marosimini hamda 10−11-iyul kunlari O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi negizida “Islomiy moliyada mahsulotlarni tarkiblashtirish va risklarni boshqarish” mavzusidagi ikki kunlik amaliy seminarni o‘tkazadilar.
Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.