ibis O‘zbekistondagi ilk mehmonxonasi — ibis Tashkent INDEX’ni ochish orqali mamlakatga o‘zining iqtisodiy toifadagi mehmonxona konsepsiyasini olib kirdi. INDEX Business Park hududida, Toshkent shahrining Yangi Hayot tumanida joylashgan yangi mehmonxona 120 ta xona, amaliy dizayn va shaharning jadal rivojlanayotgan biznes hududlaridan biriga qulay kirish imkoniyatini taklif etadi.

ibis, reklama

1974-yilda tashkil etilganidan buyon ibis qulay narxlarda sifatli mehmonxona xizmatlarini ko‘proq sayohatchilar uchun ochiq qilishga intilib kelmoqda. Brend mehmonlarga qulaylik, ishonchlilik va puxta o‘ylangan dizaynni samimiy hamda erkin muhit bilan uyg‘unlashtirib taqdim etadi. So‘nggi ellik yildan ortiq vaqt davomida ibis oilasi uchta alohida brendni o‘z ichiga olgan: ibis, ibis Styles va ibis budget.

Ham biznes, ham dam olish maqsadida safar qilayotgan mehmonlar uchun mo‘ljallangan ibis Tashkent INDEX Toshkentni kashf etish uchun qulay maskan hisoblanadi. Shahar o‘zining boy tarixi, me’morchiligi, gavjum bozorlari va zamonaviy rivojlanayotgan hududlari bilan mashhur. Mehmonxona Rayxon ko‘chasida joylashgan bo‘lib, transport infratuzilmasiga qulay ulangan. Mehmonlar shahar jamoat transportidan oson foydalanishlari mumkin: “Turon” metro bekati mehmonxonadan atigi 400 metr uzoqlikda joylashgan, shuningdek, yaqin atrofda bir nechta avtobus yo‘nalishlari mavjud. Toshkent xalqaro aeroporti mehmonxonadan 12 kilometr uzoqlikda bo‘lib, avtomobilda taxminan 20 daqiqada yetib borish mumkin. So‘rov asosida aeroport transferi ham tashkil etiladi. Mehmonlar uchun bepul avtoturargoh ham mavjud.

ibis, reklama

Mehmonxona dizayni PLAZA konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, u ibis brendining uchta dizayn konsepsiyasidan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiya mulkdor tomonidan tanlangan va butun mehmonxona bo‘ylab yuqori standartlarda amalga oshirilgan. U shahar hayotining jo‘shqinligini mehmonxona muhitiga olib kiradi: lobbi ko‘chaning tabiiy davomi sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, ochiq va jonli makon mehmonlar hamda yo‘lovchilarni ichkariga chorlaydi. Keng shisha fasad mehmonxonani tashqi muhit bilan vizual jihatdan bog‘lab, ibis brendining zamonaviy va erkin ruhini yanada ta’kidlaydi.

Interer dizayni zamonaviy uslubni mahalliy madaniy meros elementlari bilan uyg‘unlashtiradi. Restoran hududida joylashgan rang-barang zamonaviy mural intererga jonlilik bag‘ishlaydi, bar fasadi esa mahalliy madaniy muhitdan ilhomlangan nafis grafik naqshlar bilan bezatilgan. Musiqa ibis brendining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mehmonxonadagi maxsus musiqa maydonida ham o‘z aksini topgan. Bu yerda zamonaviy audio tizim an’anaviy musiqa asboblari bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, ulardan mehmonlar ham, mehmonxona jamoasi ham foydalanishlari mumkin.

ibis, reklama

Accor kompaniyasining New East mintaqasi bo‘yicha operatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Aron Libinson shunday dedi:

“ibis Tashkent INDEX ibis brendining ishonchli va qulay xizmatlarini Toshkentning jadal rivojlanayotgan biznes hududlaridan biriga olib keladi. Mehmonxonaning qulay joylashuvi, shinam xonalari va mehmondo‘st umumiy hududlari uni O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurayotgan biznes hamda dam olish maqsadidagi sayohatchilar uchun ajoyib tanlovga aylantiradchi”.

ibis, reklama

Mehmonxonada jami 120 ta xona mavjud. Har bir xona Sweet Bed by ibis karavoti bilan jihozlangan bo‘lib, u ish uchrashuvlari yoki shahar bo‘ylab sayohatdan keyin sifatli dam olishni ta’minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Mehmonxonaning jamoat hududlari markazida lobbining shinam atriumida joylashgan MAADU restorani faoliyat yuritadi. 80 nafargacha mehmonni qabul qila oladigan restoran o‘zbek milliy taomlari bilan bir qatorda Yevropa oshxonasi taomlarini ham taklif etadi. Kun davomida mehmonlar qahva, choy, pishiriqlar, kokteyllar va turli xil taomlardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Mehmonxonadagi The Well Bar loft uslubidagi intererga ega bo‘lib, sutkaning 24 soati davomida xizmat ko‘rsatadi. Mehmonlar bu yerda istalgan vaqtda ichimliklar, mualliflik kokteyllari hamda yengil tamaddilardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

ibis, reklama

INDEX Business Park’ga tashrif buyuruvchi biznes mehmonlari uchun mehmonxonaning birinchi qavatida uchta konferensiya zali mavjud. Maydoni 71 kvadrat metr bo‘lgan Yangi Hayot zali teatr uslubida 60 nafargacha yoki banket formatida 30 nafargacha mehmonni qabul qila oladi. Har biri 35 kvadrat metr bo‘lgan Minor va Novza majlis xonalari kichik uchrashuvlar, strategik sessiyalar va seminarlar uchun mo‘ljallangan. O‘zining qulay joylashuvi, shinam xonalari va mehmondo‘st muhitiga ega ibis Tashkent INDEX O‘zbekiston poytaxtida qulay narx, amaliylik va ishonchli xizmatni qadrlaydigan sayohatchilar uchun yaratilgan.

ibis brendi mehmonxonalarida istiqomat qiluvchi mehmonlar ALL Accor global bron qilish platformasi va sodiqlik dasturidan foydalanishlari mumkin. Ushbu dastur a’zolarga mehmonxonada yashash davomida ham, undan tashqarida ham turli mukofotlar, xizmatlar va eksklyuziv tajribalardan foydalanish imkonini beradi.

ibis, reklama

ibis haqida

1974-yildan buyon ibis iqtisodiy toifadagi mehmonxona segmentida innovatsion va barcha uchun ochiq brend sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zining samimiy muhiti, zamonaviy dizayni va qulay ijtimoiy makonlari bilan tanilgan ibis mehmonxonalarida sayohatchilar qulay va yoqimli dam olish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni topadilar. Mehmonlarni kutib oluvchi barlar, mazali taomlar, zamonaviy raqamli xizmatlar va puxta o‘ylangan xonalar tufayli ibis dunyoning istalgan nuqtasida o‘zini qulay va tanish his qilish imkonini yaratadi. Bugungi kunda ibis 65 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritayotgan 1200 dan ziyod mehmonxonaga ega bo‘lib, iqtisodiy mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi global brendlardan biri hisoblanadi. ibis dunyoning 110 dan ortiq mamlakatida 5800 dan ziyod obyektlarni boshqaruvchi mehmondo‘stlik guruhi Accor tarkibiga kiradi hamda ALL Accor bron qilish platformasi va sodiqlik dasturining ishtirokchi brendi bo‘lib, a’zolarga keng ko‘lamli mukofotlar, xizmatlar va noyob tajribalardan foydalanish imkonini taqdim etadi.

Reklama huquqlari asosida.