Toshkentda fuqaroga avtomobillarni arzon narxda olib berishni va‘da qilib, undan $151,7 ming olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, Otabek ismli shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, bir nechta avtomobillarni bozor narxidan arzonroq narxda yetkazib berishini aytgan.

U Li 7 avtomobili uchun $43,7 ming, Traverse uchun $22 ming, Tahoe uchun $53,5 ming, Gentra uchun $10,8 ming hamda Equinox uchun $21,7 ming, jami $151,7 ming olgan.

Biroq gumonlanuvchi va‘dasini bajarmagan hamda olingan mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Spot, avvalroq, O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,9 mlndan oshgani haqida yozgandi.