O‘zbekistonda aholiga tegishli avtotransport vositalari soni 4,9 mlndan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4,90 mln avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 92,8%) tashkil etadi. 2025-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan.

Jismoniy shaxslar egaligidagi avtomobillarning asosiy qismini 4,5 mln dona bilan yengil avtomobillar tashkil etadi.

Shuningdek, fuqarolar tasarrufida 330,3 mingta yuk avtomobili, 7,5 mingta mikroavtobus, 7,2 mingta maxsus transport vositasi hamda 5,8 mingta avtobus mavjud.

Spot, avvalroq, Toshkentdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida qayrilib olish yo‘li qariyb 4 baravar qisqartirilgani haqida yozgandi.