Joriy yilning 8-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Pokiston kompaniyalari va biznes assotsiatsiyalarining 70 dan ortiq vakilidan iborat delegatsiya ishtirok etadi. Asosiy yo‘nalishlar qatoriga farmatsevtika, ishlab chiqarish, chakana savdo, kundalik iste’mol mollari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, logistika, ta’lim, qurilish va quritilgan mevalar savdosi kiradi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.