IT Park Uzbekistan axborot texnologiyalari va biznes xizmatlari autsorsingi sohasida faoliyat yurituvchi hamda Saudiya Arabistoni bozoriga chiqishdan manfaatdor bo‘lgan kompaniyalar uchun arizalar qabul qilishni e’lon qildi.
Dastur ishtirokchilariga Saudiya kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beriladi, korporativ va davlat sektorlaridagi potensial buyurtmachilar bilan tanishtiriladi hamda mintaqada biznes yuritish imkoniyatlari haqida so‘zlab beriladi.
Bundan tashqari, saralashdan o‘tgan kompaniyalar Saudiya Arabistoniga bo‘lajak biznes-missiyalarda ishtirok etish va potensial hamkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.