Avvalroq Spot 22-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘li qurilishiga start bergani haqida yozgandi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning O‘zbekiston 24 telekanaliga ma’lum qilishicha, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.

“Loyihamiz ikki bosqichdan iborat. Birinchisi — yo‘l qurilishi. Ikkinchi bosqich — allaqachon qurilgan yo‘l uchun hamkor topish va uni pullik qilish”, — dedi Mahkamov.

Vazirning ta’kidlashicha, loyiha prezident topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari transport infratuzilmasini iqtisodiy rivojlanishning muhim omili deb hisoblaydi va bu yo‘nalishdagi loyihalarni oldindan rejalashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

ilhom mahkamov, pulli yo‘l, toshkent-samarqand, transport vaziri

“Aholimizda tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi: xohlovchilar pullik yo‘ldan, ba’zilar esa eski yo‘ldan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Biroq, hozirda bu yo‘nalish bo‘yicha yo‘l besh yarim soat davom etsa, pullik yo‘l orqali ular ikki soatda yetib borishlari mumkin”, — dedi Transport vaziri.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, magistral intellektual transport tizimlari bilan jihozlanadi va harakatni tashkil etish zamonaviy xavfsizlik talablariga javob beradi.

Toshkent-Samarqand yo‘li ishga tushirilgandan so‘ng, rasmiylar boshqa pullik yo‘llar qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda. Birinchi navbatda, gap Toshkent — Bo‘stonliq, Toshkent — Farg‘ona vodiysi va Toshkent — Andijon yo‘nalishlari haqida bormoqda.

ilhom mahkamov, pulli yo‘l, toshkent-samarqand, transport vaziri

Shu bilan birga, mamlakatimizning turli hududlarida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan mavjud avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Mahkamovning ta’kidlashicha, davlat yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga ham respublika byudjetidan, ham xorijiy hamkorlar ko‘magida katta mablag‘lar yo‘naltirmoqda. Toshkent-Samarqand yangi avtomobil yo‘li qurilishining bosh pudratchisi nomi oshkor etilmagan Xitoy kompaniyasi hisoblanadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida yo‘l sohasini moliyalashtirish hajmi oldingi 27 yilga nisbatan 8 barobar oshgan.

Mahkamov, shuningdek, yangi avtomagistrallar qurilishi uchun qurilish me’yorlari va standartlari qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

“Texnologik jihatdan yangi yo‘llarni qurishda biz yangi standartlar va SNiP (qurilish me’yorlari va qoidalari — Spot izohi), O‘zbekistonda ishlab chiqilgan. Biz ushbu standartlarni Turkiya va AQSHdagi hamkorlarimiz bilan birgalikda yangiladik,” — dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda olib borilayotgan siyosat nafaqat mavjud yo‘llarni rekonstruksiya qilish, balki xalqaro talablarga javob beradigan yangi transport infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.

ilhom mahkamov, pulli yo‘l, toshkent-samarqand, transport vaziri

Toshkent-Samarqand pulli yo‘li

2023-yilning iyulida Toshkent-Samarqand pulli yo‘li bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish borasida Turkiyaning Proyapi Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş kompaniyasi jalb qilindi.

Yil yakunida loyiha Avstriyaning ILF Consulting Engineers Austria GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy asos hujjatini ishlab chiqishga YTTB tomonidan 1,5 mln yevro miqdoridagi mablag‘lar ajratilgan.

2024-yilning avgust oyida qabul qilingan prezident qarori bilan Toshkent-Samarqand yo‘li qurilishini 2024-yilning dekabrida boshlash belgilangandi. Uning umumiy uzunligi 305 kmni, qiymati esa $2,2 mlrdni tashkil etadi. Yo‘l Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarini qamrab oladi. Uning boshqaruvi 2028-yilning dekabrigacha DXSh asosida xususiy operatorga beriladi.

2025-yilning fevral oyida 6 tasmali Ilhom Mahkamov Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hujjat ishlari yakunlanib, tender ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Martga kelib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida uning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgani e’lon qilindi. Toshkent-Samarqand yo‘lining uzunligi 300 km atrofida bo‘ladi. Qatnov vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Mavjud yo‘lda tirbandlik ancha kamayadi.

Iyun oyida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Gazeta’ga bergan intervyusida Toshkent-Samarqand loyihasi bo‘yicha tender yanvar oyida e’lon qilingani, ishtirokchilardan dastlabki takliflar iyun oyi oxirida qabul qilinishi rejalashtirilganini bildirdi.

“Arizalar ko‘rib chiqilib, birinchi bosqichdan o‘tganimizdan so‘ng g‘oliblarni e’lon qilishni boshlaymiz”, — dedi u. Unga ko‘ra, mazkur yo‘lning smeta qiymati $2,6 mlrddan $2,2 mlrdga tushirilgan.

Noyabr oyida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Samarqand pulli yo‘li loyihasi yakuniy bosqichda ekani, qurilish ishlari 2026-yilda boshlanishini aytgandi.

Joriy yilning martida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent-Samarqand pulli yo‘li besh yilda qurilishi taʼkidlangandi. Trassaning 140 kmlik qismida tuproq mustahkamlanadi, loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi ko‘zda tutilgan.


Avvalroq Spot 22-iyuldan Toshkent-Xiva yo‘nalishida ikkinchi yuqori tezlikdagi elektropoyezd qatnay boshlanishi haqida yozgandi.