15 avgust kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan Surxondaryo-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum ikki mamlakatning davlat organlari, ishbilarmon doiralari, investorlar va yetakchi kompaniyalari vakillarini birlashtiradi. Ishtirokchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, potensial hamkorlarni topish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, shuningdek, O‘zbekiston korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati namoyish etiladigan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.