14-avgust kuni Toshkentda Markaziy Osiyoning iqlim barqarorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy yechimlarga bag‘ishlangan Central Asian Climate Science Forum 2026 bo‘lib o‘tadi.

Dasturda to‘rtta mavzuli sessiya ko‘zda tutilgan. Mutaxassislar iqlim siyosatini shakllantirishda ilmiy ma’lumotlardan foydalanish, suv diplomatiyasi va Orol dengizi ekotizimi, iqlim o‘zgarishining suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va energetikaga ta’siri, shuningdek, innovatsiyalar va aylanma iqtisodiyotni muhokama qiladilar.

Asosiy ma’ruza bilan Wageningen University & Research professori Rik Leemans ishtirok etadi. Muhokamalar ishtirokchilari orasida O‘zbekiston, Germaniya, Finlyandiya, Xitoy, BAA, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan ilmiy va xalqaro tashkilotlar vakillari ham bor.

Ochilish marosimida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji, FAO vakili Sherzod Umarov, YEXHT vakili Antti Karttunen va boshqalar so‘zga chiqdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Green University va Research Center for Ecology and Environment of Central Asia tomonidan tashkil etildi. Hamkorlar orasida BMTTD, YEXHT, FAO va Global ekologik fond bor.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.