7−8-oktyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Gruziya Savdo assotsiatsiyasi va EUROUZ ishtirokida tashkil etilgan “Georgia-Uzbekistan Silk Road” xalqaro biznes-forumi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Gruziyaning 40 dan ortiq kompaniyasi vakillari ishtirok etadi. Asosiy yo‘nalishlar IT va texnologiyalar, qurilish va development, tibbiyot, logistika va avtomobilsozlik, FMCG hamda ta’limdan iborat bo‘ladi.

Birinchi kuni xalqaro konferensiya, 8-oktyabr kuni esa biznes-ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar B2B uchrashuvlar, muzokaralar o‘tkazishlari va Gruziya kompaniyalari bilan hamkorlikning yangi formatlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 78 150 60 06 telefon raqami orqali olish mumkin.