2026-yilda “Kapitalbank” yirik shaharlardan tashqaridagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Ta’lim loyihasi Qoraqalpog‘iston respublikasining Mo‘ynoq tumani, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani, Samarqand viloyatining Nurobod tumani, shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarini qamrab oldi.

kapitalbank, reklama

Ochiq darslar interaktiv shaklda tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar pul mablag‘larini oqilona boshqarish tamoyillari bilan tanishib, shaxsiy byudjetni rejalashtirishni o‘rgandi hamda jamg‘arma shakllantirishning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

kapitalbank, reklama

Darslar yakunida barcha ishtirokchilarga maktab anjomlari to‘plamlari va esdalik sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, “Kapitalbank” o‘qituvchilarning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi mehnatini e’tirof etib, ularga sertifikatlar va sovg‘alar taqdim etdi.

kapitalbank, reklama

Dasturning yana bir muhim qismi yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Kapitalbank” filiallariga tashkil etilgan ekskursiyalar bo‘ldi. O‘quvchilar bank faoliyati bilan yaqindan tanishib, bankning asosiy amaliyotlari, zamonaviy moliyaviy xizmatlar hamda bank sohasidagi kasbiy imkoniyatlar haqida ma’lumot oldi. Bunday yondashuv nazariy bilimlarni moliya muassasasi faoliyati bilan bevosita tanishish orqali amaliy jihatdan mustahkamlash imkonini berdi.

kapitalbank, reklama

“Moliyaviy odatlar bolalikdan shakllanadi va bolaning bugungi kunda olgan bilimlari uning kelajakda mustaqil hamda puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilish qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biz uchun moliyaviy bilimlar O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktab o‘quvchilari uchun birdek ochiq va qulay bo‘lishi muhim. Moliyaviy institut sifatida bizning vazifamiz nafaqat bank xizmatlarini taqdim etishda, balki moliya sohasiga mas’uliyat bilan yondashish madaniyatini rivojlantirishda ham deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov.

kapitalbank, reklama

Hududlardagi ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash “Kapitalbank” ijtimoiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur yilda o‘zining 25-yillik yubileyi munosabati bilan bank mamlakatdagi uchta ta’lim muassasasiga maktab avtobuslarini topshirdi. Xususan, Qoraqalpog‘iston respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi 18-maktab, Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 18-maktab hamda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 10-maktab avtobuslar bilan ta’minlandi. Ushbu tashabbus o‘quvchilarning maktabga borib-kelishi uchun yanada xavfsiz va qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

kapitalbank, reklama

Ta’lim va ijtimoiy loyihalarni izchil amalga oshirib kelayotgan “Kapitalbank” aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida bolalar va yoshlarning rivojlanishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Reklama huquqlari asosida.