«uzilishlar» tegli maqolalar
19 oktabr 2026, 20:42 Energetika
Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minotida favqulodda uzilish yuz berdi
Aksa Toshkent IESdagi transformator himoya tizimi ishga tushishi natijasida stansiya quvvati 185 MVtgacha kamaygan. Natijada ayrim tumanlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
19 oktabr 2026, 11:20 Energetika
“Svet o‘chmaydi emas, o‘chadi” — Hududiy elektr tarmoqlari raisi rejali uzilishlar haqida
Kompaniya iste’molchilarni rejali elektr uzilishlari haqida oldindan ogohlantirish tizimini joriy etadi. U orqali aholiga uzilishlar haqida bir-ikki kun oldin xabar yuboriladi.
16 oktabr 2026, 19:53 Energetika
Qishda rejali ta’mirlash ishlaridan tashqari holatlarda elektr uzilishlari kutilmayapti — Energetika vazirligi
Rejali uzilishlar elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq. Iste’molchilar bu haqda oldindan ogohlantiriladi.
12 oktabr 2026, 11:15 Iqtisodiyot
“Jiddiy nosozlikka duch keldik”: Yandex Uzbekistan rahbari uzilishlar haqida
Izzat Shukurov xizmatlarni tiklash va nosozlik oqibatlarini bartaraf etish ishlari tun-u kun davom etayotganini bildirdi.
8 oktabr 2026, 13:16 Biznes
Uzum Market’da uzilishlar yuz berdi. Kompaniya nosozliklarni bartaraf etmoqda
Tizimlarni rejali yangilash jarayonidagi nosozlik sabab marketpleys xizmatlarining bir qismi vaqtincha ishlamayapti. Muammoni kun davomida bartaraf etish rejalashtirilgan.
11 avgust 2026, 11:20 Energetika
Toshkentning ikkita tumanida qariyb to‘rt kunga gaz ta’minoti to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari sababli Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi ayrim mahallalariga 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha gaz yetkazib berilmaydi.
6 iyul 2026, 10:41 Energetika
Toshkentda elektr ta’minotidagi avariyalar bo‘yicha maxsus komissiya ish boshladi
Joriy yozda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Energetika tizimida korrupsiya uchun sudlangan barcha xodimlar ishdan olinadi.
1 iyun 2026, 16:50 Energetika
2
“Har bir SMS pul turadi” — Energetika vazirligi elektr uzilishlar haqida SMS-xabarnomalar yuborilmayotganiga izoh berdi
Ta’kidlanishicha, SMS-xabarnomalarni yuborish xarajatlarni ko‘paytiradi, bu esa o‘z navbatida energiya tariflari tannarxining oshishiga olib keladi.
16 yanvar 2026, 19:35 Energetika
Sovuq ob-havo sababli O‘zbekistonda “svet” va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
Energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Vazirlik ayrim hududlarda vaqtinchalik cheklovlar bo‘lishidan ogohlantirdi.
19 dekabr 2025, 19:19 Energetika
Ob-havoning keskin o‘zgarishi, yog‘ingarchilik va sovuq: elektr ta’minotida nega uzilishlar kuzatilmoqda?
Energetika vazirligi matbuot xizmati uzilishlari haqida vaqtida xabar berilmayotgani uchun uzr so‘rab, rejali va avariya holatlari haqida axborot tezkor yetkazilishini ma’lum qildi.
26 sentabr 2025, 14:33 IT
Humo tizimida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda
28-sentabr kuni soat 01:00 dan 03:00 gacha tizimda sozlash ishlari olib boriladi. Shu vaqt davomida bankomat va terminallarda qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkin.
28 avgust 2025, 16:19 Biznes
Qariyb ikki yarim soatlik uzilishlardan keyin Uzcard faoliyati tiklandi
Hozirda protsessing servislarining faoliyati me’yoriy tartibda davom etmoqda. Uzcard bank kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalar qayta yo‘lga qo‘yildi.
28 avgust 2025, 14:08 Biznes
Uzcard to‘lov tizimida uzilishlar kuzatilmoqda
Ayrim mobil ilovalarda o‘tkazmalar va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati cheklangan. Bundan tashqari, tizim sayti ham ishlamayapti.
1 avgust 2025, 13:08 Energetika
Senat Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha energetika vaziriga so‘rov yubordi
So‘rovda aholi va tadbirkorlar tomonidan elektr energiyasidagi 3−4 soatlik uzilishlar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bildirilayotgani qayd etilgan.
14 iyul 2025, 13:29 Biznes
Biznes elektr uzilishlari uchun kompensatsiya hamda HET’ni jarimaga tortishni taklif qilmoqda
Bitta muassasada kuniga 8−10 martagacha ogohlantirishsiz favqulodda o‘chirishlar biznes yo‘qotishlariga va uskunalarning ishdan chiqishiga olib keladi.
7 iyul 2025, 18:30 Biznes
O‘zbekistonda biznesning elektr energiyasi uzilishidan ko‘rgan zararini qoplash mexanizmi ishlab chiqilmoqda
Green White Solutions asoschisi Abduqahhor Toshmuhamedovning aytishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli kompaniyadagi ko‘plab texnikalar kuyib qolgan.
4 iyul 2025, 17:08 Biznes
“Elektr energiyasidagi uzilishlar odatiy me’yorga aylanyapti” — biznes elektr ta’minoti sifati haqida
Spot tadbirkorlar bilan tariflar oshganidan keyin elektr energiyasini yetkazib berish qanday o‘zgargani va uning uzluksizligini ta’minlash uchun biznes nimalarga tayyorligi borasida suhbatlashdi.
29 may 2025, 19:22 Transport
E-avto ruxsatnoma hamda E-permit tizimlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi
Transport vazirligi 29-may kuni tarmoq infratuzilmasini ko‘chirish hamda profilaktika ishlari boshlanishini ma’lum qildi.
29 aprel 2025, 20:20 Energetika
Ispaniyada elektr ta’minoti uzilishidan ko‘rilgan zarar 1 mlrd yevroga baholanmoqda — The Objective
Ford, Seat, CAF kabi yirik sanoat korxonalari hamda neft sanoati obyektlari 10 soatdan ortiq vaqt davomida elektr energiyasiz qoldi.
17 aprel 2025, 22:36 IT
Telegram faoliyatida uzilishlar kuzatildi
Raqamli texnologiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, bu O‘zbekiston tomoni bilan bog‘liq emas.