Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgazta’minot Toshkent shahri filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’minot 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha cheklanadi. Bu vaqtda Yangihayot tumanining Tashabbus MFY, Sergeli 5A mavzesida joylashgan eski gaz taqsimlash punktini hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari olib boriladi.

Yangihayot tumanining quyidagi mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Yo‘ldosh
  • Mash’al
  • Olchazor
  • Xushnud
  • Navqiron
  • Yorqin hayot
  • Charog‘on
  • Chorbog‘
  • Viqor
  • Al-Farg‘oniy
  • Do‘stlik
  • Iqbol
  • Toshkent
  • Fayzli
  • Chortoq.

Uzilishlar Sergeli tumanidagi quyidagi MFYlarga ta’sir qiladi:

  • Mehrigiyo
  • O‘zgarish
  • Habibiy
  • Madadkor
  • Ziynat
  • Ezgulik
  • Yangi Sergeli
  • Sohibqiron
  • Sofdil
  • So‘g‘diyona
  • Ittifoq
  • Nilufar
  • Saxovat
  • Qipchoq
  • Qut-baraka
  • Daryo bo‘yi

Shu bilan birga, bu hududlardagi yerli xonadonlar, ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilar ham gazsiz qoladi.

Ta’mirlash va almashtirish ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Hududgazta’minot poytaxt filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Avvalroq Spot suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etilishi va bu tajriba Andijondan boshlanishi haqida yozgan edi.