Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkorlar va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va 60 ta xususiy maktablar qurish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Toshkent shahar xokimligi tanlov g‘oliblariga xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablar qurish uchun umumiy maydoni 2000 m² gacha bo‘lgan yer maydonlarini doimiy foydalanishga ajratib beradi.

Tanlov shartlari:

  • qurilish ishlarini 2018 yil 31 dekabrga qadar yakunlash;
  • tashabbuskor hisob raqamida 5,0 mlrd.so‘m mablag‘ bo‘lishi;
  • ajratib berilgan yer maydonidan maqsadli foydalanish.

Barcha tadbirkorlar, investorlar o‘z takliflarini 2018 yil 31 avgustga qadar office@tashkent.uz, info@tashkent.uz manzil bo‘yicha yuborishlari so‘raladi.