Yagona umumrespublika protsessing markazining (YAUPM) statistik ma’lumotlariga ko’ra, joriy yilning 2-choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 75,3 mln.ni tashkil etdi.

Elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 3,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Ushbu chorakda bankomatlar orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 15,2 mln.tani, miqdorda esa 6,2 trln so‘mni tashkil etdi.

2019 yilning 1-choragida naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 mln.tani, miqdorda esa 5,9 trln so‘mlni tashkil etgan edi.

Ilgari Spot O’zbekiston aholisi uch oy ichida bankomatlar orqali qariyb 5 mln dollar konvertatsiya qilgani haqida xabar bergan edi.