Ilgari Spot “O‘zstandart” agentligi tomonidan elektrotexnika mahsulotlarini mamlakat hududiga olib kirilishini cheklash taklif qilingani haqida xabar bergan edi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektrotexnika mahsulotlari O‘zbekistonda erkin muomalaga chiqarilishi uchun ishlab chiqaruvchining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida bitta xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lishi kerak.

Loyiha aholi tomonidan katta norozoliklarga sabab bo’ldi va hujjat qabul qilinsa butun bozorga ta’sir ko’rsatishi qayd etildi.

Agentlikda loyihaga munosabat bildirilib, maishiy maqsadlardagi elektrotexnik mahsulotni xarid qilganda, iste’molchi qulay servis xizmat ko‘rsatish sharoitlari bilan ta’minlanishi kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, BMTning 1985 yilda tasdiqlangan prinsiplariga tayangan holda iste’molchi mahsulot va xizmatlar xavfsizligi va ularning sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ning aniq taklifiga muvofiq ishlashi, belgilangan “xizmat muddati” va ushbu mahsulotning ishga yaroqli holatda saqlab turilish kafolati davrida tovar (xizmat)lar sifati, bazaviy ehtiyojlarning qondirilishi, hozirgi va kelajak avlodlarning munosib va sog‘lom hayotiga xavf tug‘dirmaydigan sog‘lom atrof muhit huquqlariga ega ekanli ta’kidlandi.

“Respublikada maishiy elektrotexnik mahsulot ishlab chiqarilishi keng rivojlanmoqda. Artel bilan bir qatorda Samsung, Roison, Shivaki Rocco markalar mavjud”, deyiladi agentlikda.