Xiva shahrida 5 yulduzli mehmonxona qurilmoqda. Bu haqida Turizmni rivojlantirish qo’mitasi xabar beradi.

Bu “Farovon” mehmonxonasi bo‘lib, u 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxona 6 ta prezident apartamenti, 8 ta “suit” xona, 86 ta standart xonaga ega bo‘ladi.

Mehmonxonaning konferensiya zali 800 o‘rinli va keng qamrovli uchrashuvlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Qurilish ishlariga 300 ga yaqin ishchi jalb qilingan. Ushbu loyihani 2021-yil oxirida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.