E’tibor qarating: ma’lumotlar e’lon qilingan paytda dolzarb bo‘lgan banklarning rasmiy veb-saytlaridagi ma’lumotlardan foydalanildi. Ipoteka shartlari ko‘plab omillarga bog‘liq. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
O‘zbekiston banklarida ipotekaning ikki turi mavjud: davlat dasturi asosida beriladigan ipoteka va oddiy ipoteka. Shu bilan birga, qator banklar o‘z va hamkorlikdagi ipoteka dasturlarini ham taklif etmoqda.
Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka faqat foydalanishga topshirilgan yangi qurilgan binolardagi kvartiralarga beriladi. Oddiy ipoteka esa birlamchi va ikkilamchi uy-joylarga ajratiladi.
Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka maqbulroq, chunki yillik foiz stavkalari 16−17% oralig‘ida bo‘lib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Biroq bunday kreditlarning miqdori cheklangan. Ikkinchi holatda esa kredit miqdori cheklanmagan, ammo foiz stavkasi ancha yuqori, chunki bunday kreditlar bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ipoteka krediti olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Kam ta’minlanganlar uchun 30 mln so‘mgacha subsidiya ko‘zda tutilgan bo‘lib, u boshlang‘ich to‘lovni qoplash uchun ishlatilishi mumkin.
1-iyuldan boshlab bir nechta muhim o‘zgarishlar kuchga kirdi:
Ipoteka uchun boshlang‘ich badalni jamg‘arishga yordam beradigan tajriba mexanizmi ishga tushirildi. Avval ipoteka subsidiyasidan foydalanish uchun boshlang‘ich badalni bir yo‘la to‘lash talab etilgan bo‘lsa, endi fuqarolar jamg‘arma omonatini ochib, zarur summani bosqichma-bosqich yig‘ishlari mumkin. Subsidiya ham ushbu hisob raqamiga o‘tkaziladi, bank esa omonatdagi mablag‘ qoldig‘iga foiz hisoblab boradi.
Madaniyat va san’at sohasi xodimlari uchun imtiyoz joriy etildi. Endilikda har yili uy-joyga muhtoj bo‘lgan madaniyat, san’at va ijodiy sohalarning 1000 nafargacha vakili birlamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditini imtiyozli shartlarda olishi mumkin bo‘ladi.
2027-yildan boshlab so‘nggi uch yil davomida o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan, 30 yoshgacha bo‘lgan er-xotinlar ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Talab etiladigan asosiy hujjatlar:
- ariza;
- pasport yoki ID-karta (ariza beruvchi va kafildan);
- ariza beruvchi va kafilning so‘nggi 6 oylik daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- oldi-sotdi bo‘yicha dastlabki shartnoma;
- kadastr hujjatlari.
Ipoteka subsidiyasi oluvchilar uchun jamg‘arma omonati
Ipoteka subsidiyasi oluvchilar boshlang‘ich badalning o‘z ulushini yig‘ish uchun maxsus jamg‘arma omonatini ochishlari mumkin. Mablag‘lar hisobda saqlanayotgan davrda bank ularga o‘zining amaldagi stavkasi bo‘yicha foiz hisoblab boradi.
Jadvalda ko‘rsatilgan foiz stavkalari ipoteka krediti bo‘yicha foizlar emas, balki jamg‘arma omonatlarining daromadlilik stavkalari hisoblanadi. Ya’ni bank ushbu foizlarni ipoteka rasmiylashtirilguniga qadar maxsus hisob raqamida saqlanayotgan mablag‘larga hisoblaydi.
Bank | Omonatning daromadliligi | Ochishning minimal shartlari |
14% | 1 mln so‘mdan | |
15% | 100 ming so‘mdan | |
15% | ipoteka krediti summasining 15%i | |
14% | davlat subsidiyasini hisoblash | |
14% | 100 ming so‘mdan | |
14% | Toshkent shahri uchun 54 mln 800 ming so‘m | |
boshqa hududlarda 37 mln 100 ming so‘m | ||
13% | 1 mln so‘mdan | |
12% | 500 ming so‘mdan | |
14% | 1 mln so‘mdan |
Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka
Davlat dasturi bo‘yicha ipotekani faqat tayyor yangi qurilgan uylardagi kvartiralarga rasmiylashtirish mumkin. Kredit Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali beriladi.
Dastur bo‘yicha o‘rtacha stavka yiliga taxminan 17% ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori Toshkent shahrida 480 mln so‘m, hududlarda esa 380 mln so‘mni tashkil etadi. Muddat — 20 yilgacha, bunda 6 oygacha imtiyozli davr olish mumkin.
Minimal boshlang‘ich to‘lov uy-joy qiymatining 15%ini tashkil etadi. O‘zini o‘zi band qilganlar va daromadini tasdiqlay olmaydiganlar uchun bank yuqoriroq boshlang‘ich to‘lov — 20−30% talab qilishi mumkin.
Bank | Foiz stavkasi |
17% | |
17% | |
17% | |
17% | |
17,5% | |
16,99% | |
17% | |
16,5% | |
17% | |
17% | |
17% | |
17% | |
16,5% | |
17% | |
17% |
Pasaytirilgan stavkalar bilan ipoteka
2024-yil mart oyidagi prezident farmonidan so‘ng pasaytirilgan stavkadagi ipoteka kreditlari ajratila boshlandi. Dastur Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi, kreditni esa hamkorlik qiluvchi 10 ta bank orqali rasmiylashtirish mumkin. Dastur birlamchi hamda ikkilamchi uy-joy bozoriga tatbiq etiladi.
Ipoteka kreditining maksimal miqdori Toshkent shahrida 800 mln so‘m, hududlar va Qoraqalpog‘istonda 500 mln so‘mni tashkil etadi. Kredit muddati 20 yilgacha. Faqat Turonbank ushbu dastur bo‘yicha kreditlarni 10 yilgacha muddatga ajratadi.
Banklarning aksariyati uy-joy qiymatining 20−25%i miqdorida boshlang‘ich to‘lov talab qiladi. Ipotekabank, Turonbank va Hamkorbankda esa boshlang‘ich to‘lov 26% etib belgilangan.
Bank | Foiz stavkasi |
21,99% | |
20,99% | |
19% | |
21,99% | |
21,99% | |
21,5% | |
21,5% | |
25% | |
21% | |
19% |
Oddiy ipoteka
Oddiy ipotekani birlamchi hamda ikkilamchi uy-joy uchun rasmiylashtirish mumkin. Davlat dasturlaridan farqli ravishda, bunda kredit summasi bo‘yicha qat’iy cheklov yo‘q — ayrim banklar 2 mlrd so‘mgacha ipoteka ajratadi. Biroq kreditlar banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan berilgani sababli foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
Bunday ipoteka bo‘yicha yillik foiz stavkalari 20−32% ni tashkil etadi. Boshlang‘ich badal miqdori bank talablari va qarz oluvchining toifasiga qarab belgilanadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun esa u odatda yuqoriroq bo‘ladi.
Bank | Foiz stavkasi | Boshlang‘ich to‘lov | Muddati | Bozor |
23,99%* | 40% | 15 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
24,99% | 25% | |||
26% | 26% | 15 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
30%* | ||||
21,99% | 25% | 20 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
24% | 20% | 20 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
20−25% | 21−24% | 15 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
24,5% | 25% | 20 yil | birlamchi | |
23,5% | 35% | |||
25,99% | 20% | 10 yil | ikkilamchi | |
26,99% | 30% | |||
26% | 45% | 10 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
27% | 35% | |||
28% | 25% | |||
30%* | 50% | |||
26% | 25−30% | 10 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
25%** | 25−30% | |||
25%* | 30% | |||
20,99−22,99% | 26% | 15 yil | birlamchi | |
22,99−24,99%* | ||||
21,9% | 40% | 10 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
22,9% | 20% | |||
23,9% | ||||
22% | 20% | 20 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
22,5% | 26%* | |||
26,99% | ||||
28% | 25% | 5 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
30% | 7 yil | |||
32% | 10 yil | |||
28% | 30% | 7 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
23,90% | 50% | 15 yil | birlamchi | |
24,90% | 25% | |||
24% | 25% | 15 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
40%* | ||||
23,5% | 23,5% | 5 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
24% | 24% | 7 yil | ||
25% | 25% | 10 yil | ||
21% | 20% | 20 yil | birlamchi | |
22% | 25% | |||
23,5% | 20% | 15 yil | birlamchi | |
35%* | ||||
26% | 20−25% | 10 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
24% | более 25% | |||
25%* | 30% | |||
24−26% | 25% | 20 yil | ikkilamchi | |
25% | 20% | 10 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
26%* | 25% | |||
24% | 20−30% | 10 yil | birlamchi va ikkilamchi | |
24% | 25% | 10 | ikkilamchi |
* — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun stavka.
** — “Maqsadli ipoteka omonati” omonatida boshlang‘ich to‘lovni shakllantirgan qarz oluvchilar uchun.