Telegram rahbariyati tovar va xizmatlarning to’g’ridan-to'g'ri sotilishini messenjerdagi kanallar va guruhlarga qo’shishni rejalashtirmoqda. Ilgari savdolar faqat maxsus botlar orqali amalga oshirilardi, ammo monetizatsiya kursi ishlab chiquvchilarni ushbu mexanizmni foydalanuvchilar uchun qulayroq qilishga majbur qildi. Bu haqda “Durov kodeksi” xabar berdi.

Nashr messenjerning Android va macOS uchun amaldagi beta-versiyalarida yangi ilovani yaratdi. Uni @TestStore-da sinab ko’rish mumkin.

Xaridlar uchun to’lovlarni Сбербанк, ЮMoney, Tranzzo, Stripe, Click, Payme, LiqPay va Ecompay orqali to’lash mumkin. Karta ma’lumotlarini saqlash va Telegramdagi keyingi xaridlar uchun ishlatish mumkin. Mijozlar, shuningdek, choy haqi ham qoldirishlari mumkin.

Telegram orqali onlayn savdo qilish uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda, ammo shu paytgacha dasturda buning alohida varianti yo’q edi. 2020-yilda Rossiyada rasmiy blokdan chiqarilgandan so’ng, messenjer orqali sotuvlar 67 foizga o’sdi va o’rtacha 2043 rublni tashkil etdi.

Avvalroq Spot Telegram ishlab chiqarish va rivojlanish xarajatlarini qoplash uchun monetizatsiya faoliyatini yo’lga qo’yishi haqida ma’lumot bergan edi. Keyinchalik esa Telegram konvertatsiya bo’luvchi obligatsiyalarni sotuvga qo’ygani va $1mlrd miqdorda investitsiya jalb qilgani ma’lum bo’ldi.

Messenjer shuningdek, 2023-yilga qadar IPO qilishni rejalashtirmoqda.