Telegram kelayotgan 2 yil davomida IPO o’tkazishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu haqida manbalarga asoslanib Vedomosti nashri xabar beradi.

Nashr ma’lumotlariga ko’ra, IPO $30−50 mlrdga baholanmoqda. Shuningdek, kompaniya bozorga aksiyalarning 10−25 foizini chiqarishi mumkin.

Messenjer IPOga qadar diagnostika qilishni boshladi va hozirda u aksiya o’tkazishni rejalashtirgan mintaqa va birjalarni yaqindan o’rganmoqda. Unga ko’ra, endi Telegram aksiyadorlari “IPO formatiga ko’proq moslashgan”.

Investitsiya bankiga yaqin manbaning ta’kidlashicha, “Durov qanday qilib IPO amalga oshirish borasida aniq to’xtamga kelmagan”. Uning so’zlariga ko’ra, Telegram IPO-dan tashqari yana ikkita variantni ko’rib chiqmoqda: to’g’ridan-to'g'ri listing va SPAC kompaniyasidan foydalanish.

IPO — (Initial Public Offering) aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish dеgan ma’noni bildiradi. Ya’ni u jamiyat tomonidan aksiyalarni chеklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, dastlabki taklif qilinishidir. IPO ni o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun kеng doiradagi invеstorlardan kapital jalb qilishdir.

Kompaniya IPO qilar ekan, uning daromadlari, sof aktivlari, aksiya egalari va barcha qilayotgan ishlari jamoatga taqdim etiladi. Bunda aksiyalarni sotib olgan shaxslar o’z ulushlari doirasida qaror hal qilish ovoziga ega bo’ladilar.

Avvalroq Spot, Telegram konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar chiqargani haqida xabar bergan edi. IPO qilingan taqdirda ushbu obligatsiyalar 10 foizli chegirma orqali aksiyaga konvestatsiya qilinadi.