Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik O’zbekistonga nima beradi — Ekspertlar fikri

Ekspertlar O’zbekistonning YeOII’ga qo’shilishining ijobiy va salbiy tomonlarini sanab o’tdilar.


Elektron hamyon nima, undan qanday foydalanish mumkin

Elektron hamyon ishlash tamoyili bank kartasiga oʻxshaydi. Uni osonlik bilan toʻldirish va dunyoning istalgan joyida u orqali toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.


“Xususiylashtirish iqtisodiy naf olib keladi, ammo bu xatarlardan xoli emas” — J.P. Morgan

Bank prognozlariga ko’ra, O’zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 8,1 foiz, 2022-yilda 6,3 foiz o‘sishga erishadi.


O’zbekistonda o’z biznesini yo’lga qo’yib, yuqori daromad topayotgan “businesswoman"lar hikoyasi

Spot mamlakatimizda o’z biznesini yo’lga qo’yib, yuqori daromad olayotgan ayollar haqida qiziqarli maqola tayyorladi.


Dunyo xabarlari:

  1. Facebook uchun xavfli deb topilgan ilovalar Play Store-dan oʻchirildi. Ular qaysilar. Google ushbu ilovalar Facebook-dagi akkaunt parolini buzishi mumkinligidan xavfsirab ularni oʻchirib yuborgan.
  2. Qozogʻistonning Air Astana kompaniyasi Embraer bilan sudlashadi. Qozoq aviakompaniyasi samolyot ishlab chiqaruvchisidan $11,9 mln miqdoridagi zararni qoplashni talab qilmoqda.
  3. Islandiya ish vaqtini qisqartirish boʻyicha tajriba oʻtkazgan. Natijalar bir necha barobar ijobiy Xodimlarning ish vaqtini qisqartirish hatto ayrim servislarni yaxshilashga yordam berdi.\
  4. Jef Bezos rekord ko’rsatgich bilan dunyoning eng boy odamiga aylandi. “Real time Billionaires” bo’yicha Jef Bezos tarixda birinchi bor $211 mlrd bilan dunyoning eng boy odamiga aylandi.
  5. Latviya hukumati vaksina olganlar uchun yutuqli o’yin tashkillashtirmoqda. Unga ko’ra, emlanganlar 100 yevrodan 100 000 yevrogacha yutib olishlari mumkin. Maqsad fuqarolarni COVID-19ga qarshi emlashga faol undash.
  6. “ByteDance” TikTok ilovasi algoritmlarini boshqa kompaniyalarga sotishni boshladi. Sotuv ishlari uchun alohida “BytePlus” bo’linmasi ochilgan bo’lib, u orqali kompaniya TikTokda foydalanilgan sun’iy intellektning ayrim texnologiyalarini sotadi.
  7. BMW yangi turdagi elektroskuterni ishlab chiqardi. Uning narxi $12 000. Akkumlyatorning quvvati 8,9 kVt soatni tashkil etadi, u taxminan 130 km masofani bosib oʻtishni taʼminlaydi.