6-iyul kuni Pentagon va Microsoft o’rtasidagi ma’lumotlarni saqlash bo’yicha bulutli infratuzilma tzuish bitimi bekor qilindi.
Buning ortidan Amazon aksiyalari 4,7 foizga oshib, 3 675,74 USD ni tashkil etmoqda.
Bunga mos ravishda kompaniya asoschisi Jef Bezosning boyligi ham ortib, dunyoda birinchi marta $211 mlrdgacha ko’tarildi.
Aprel oyining oxirida Bezosning boyligi birinchi bor $200 mlrddan oshgan edi.
5-iyul kuni esa u kompaniya bosh direktori lavozimidan ketgan edi. Uning o’rnini Endi Yassi egallashi haqida tadbirkor joriy yilning fevral oyidayoq ma’lum qilgan edi.