Qozogʻistonning Air Astana kompaniyasi Embraer ustidan sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Reuters. Aviakompaniya lizing samolyotlari ishlab chiqaruvchisini “uchish uchun xavfli” va taqiqlanishi kerak deb hisoblamoqda.

“Air Astana” sud daʼvosida kamida $11.9 mln miqdorida zararni qoplashni talab qilmoqda, chunki “Embraer-ning harakatlari (eng yaxshi holatda) beparvo va inson hayotiga bepisandlik bilan qaragan”.

Aviakompaniya sud daʼvolarida Embraer kompaniyasidan ijaraga olingan beshta “Embraer E190−300” mintaqaviy samolyotlari jiddiy xavfsizlik muammolariga duch kelayotganligini koʻrsatdi. Bularga qanotning muzga qarshi tizimi ishdan chiqishi, balandlikning nazoratsiz oʻzgarishi, mexanik nosozliklar va boshqalar kiradi.

Embraer aviakompaniya oldidagi har qanday majburiyatning buzilishini rad etmoqda va oʻzini har qanday daʼvolardan qatʼiy himoya qilmoqchi. Kompaniya muammolar vaqti-vaqti bilan yuzaga kelishi mumkinligini, ammo aviakompaniya taʼkidlagan darajada xavfsizlikka tahdid solmasligini aytdi.

Air Astana v Embraer SA ga qarshi ish Nyu-Yorkda — AQSh Oliy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Avvalroq Spot, Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olganligi haqida xabar bergan edi.