Biznes gʻoya: qanday qilib Oʻzbekistonda “dostavka” xizmatini ochish mumkin

Spot mazkur mavzuni “Stolik” yetkazib berish xizmati misolida yoritib beradi.


2021-yil iyul oyida O’zbekiston banklaridagi mikroqarzlar bo’yicha holat

Spot barcha banklarning mikroqarz shartlarini taqqosladi. Aksariyat banklarda foiz stavkalari narxi pasaytirilgan, shuningdek, “Aloqabank”, “UzAgroExport bank”, “Universalbank"da mikrozaym berish va “Turkistonbank” da kredit berishning barcha turlari vaqtinchalik bekor qilinganligi ma’lum bo’ldi.



Bank sohasidagi vakant lavozimlar: “Tenge Bank”, “Davr BANK” va “Orient Finans Bank” munosib nomzodlarni qidirmoqda

Hozirda 1−3 yilgacha,2−5 yilgacha va ish tajribasiga ega bo’lmagan mutaxassislarga ehtiyoj bor.


Dunyo xabarlari:

  1. Bayden mamlakatda IT-gigantlar monopoliyasini cheklovchi qarorni imzoladi. Qaror kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytirish, bitim va kelishuvlar ustidan kuzatuv olib borish, nosog’lom raqobatga chek qo’yishni ko’zda tutadi.
  2. Richard Brenson koinotga parvoz qildi. Navbat Bezosga. Brenson o‘zining Virgin Galactic kompaniyasiga tegishli raketaplanda 90 km balandlikka ko‘tarildi.
  3. “Яндекс” ob-havoni aniqlash boʻyicha yangi texnologiya joriy etdi. Texnologiya meteostansiya maʼlumotlari bilan cheklanib qolmay, foydalanuvchilarning xabarlari asosida ham ishlaydi.
  4. 2025-yildan Yaponiyada uchar avtomobil biznesi yo’lga qo’yiladi. “Japan Airlines” parvozlarni Germaniyaning 2020-yilda sarmoya kiritgan startapi bo’lgan Volocopter samolyotida amalga oshiradi.
  5. Britaniyada rekord darajadagi kriptovalyuta musodara qilindi. 24-iyunda ham shunday jinoyat fosh etilgan, biroq bu galgi miqdori undan koʻproq.
  6. WhatsApp-da yangi funksiyalar paydo bo‘ladi. Apple qurilmalari egalari WhatsApp messenjerida oʻzi oʻchib ketadigan xabarlar joʻnatish imkoniyatiga ega boʻladi.
  7. “Apple” o’z foydalanuvchilari uchun yangi xizmat ustida ish olib bormoqda. Unga ko’ra, iste’molchilar xohlagan turdagi mahsulot uchun Apple Pay orqali bo’lib to’lash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
  8. Facebook va Instagramdagi yangi kontentlar uchun $1mlrd to’lash rejalashtirilmoqda. Kompaniya bosh direktori video mualliflari yanada ko’proq pul topishlari uchun yangi bonus dasturlarini ishga tushirishi haqida aytib o’tdi.
  9. 2022-yilgacha “Netflix"da video o’yinlar o’ynash imkoni yaratiladi. Yaqin muddat ichida kompaniya jamoani yig’ishni boshlamoqchi va bo’sh vakant o’rinlar haqida ham e’lon berishni boshlagan.
  10. Smartfonni barmoqlar orqali quvvatlaydigan qurilma ixtiro qilindi. Qurilma ishlashi uchun harakatlanish shartmas, u barmoq uchlarida o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan terni elektrga aylantira oladi.
  11. AQSH hukumati kiberhujum haqida xabar berganlarga $10 mln berishni rejalashtirmoqda.2020-yilda hukumat tovlamachilarga $350 mln tovon to’lagan edi. Hozirda bu holat 300% ga ko’payganligi qayd etildi.
  12. Xiaomi smartfonlar bozorida “Apple"ni ortda qoldirdi. Kompaniya smartfonlar sotuvi bo’yicha “Samsung"dan so’ng ikkinchi o’rinni egallamoqda.
  13. Hindistonda MasterCard kartalarini chiqarish taqiqlab qoʻyildi. Bundan tashqari, mamlakatda American Express va Diners Club kartalarini chiqarish ham taqiqlab qoʻyilgandi.
  14. Deymen Oliver kosmosga parvoz qilgan eng yosh astronavt bo’ladi. 20-iyul kuni Jef Bezos jamoasi bilan birgalikda Gollandiyalik milliarderning o’g’li 18-yoshli maktab bitiruvchisi kosmosga uchishi rejalashtirilmoqda.
  15. Xitoy pandemiyaga qarshi kurashishda rivojlanayotgan davlatlarga $3 mlrd ajratadi. Bu mablag’lar yaqin uch yil ichida davlatlarga taqdim etiladi.