AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi IT-gigantlar (Google, Facebook, Apple va Amazon) faoliyatini cheklovchi qarorga imzo chekdi.

Prezident ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan bu qaror iqtisodiyotdagi raqobatni qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutmoqda.

Qaror 70 ga yaqin tashabbusni o’z ichiga olib, unda asosan, qishloq xo’jaligi,sog'liqni saqlash, bank va texnologik kompaniyalar sohasi mavjud.

Hukumat fikriga ko’ra, ular narxlarni pasaytirishga, ishchilarning ish haqini oshirishga yordam berib,innovatsiyalarni amalga oshirish va tezkor iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.

Hujjat bilan shuningdek, mamlakatda faoliyat yuritayotgan IT-gigantlar faoliyatida raqobatga mos kelmagan amaliyotni qo’llashni cheklash ham ko’zda tutilgan.

Unga ko’ra:

  • Domimant platformalar va potensial raqobatchilar o’rtasida tuzilayotgan bitim va kelishuvlarni tekshirish. Farmonda ta’kidlanishicha, so’nggi o’n yil ichida xavfni bartaraf etish uchun yirik texnologik platformalar raqobatchilarni sotib oliishgan.
  • Shaxsiy ma’lumotlarni kuzatish va yig’ishning yangi qoidalarini joriy qilish. Chunki kompaniyalar foydalanuvchi ma’lumotlarini haddan tashqari ko’p yig’ishadi va ba’zi kompaniyalarning biznes modellari ma’lumot to’plashga bog’liq.
  • Nosog’lom raqobatni cheklash qoidalarini belgilash. Hujjatga ko’ra, katta platformalar afzalliklarga ega — ular, masalan, kichik do’konlardan ma’lumotlarni to’plashlari va ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishlari yoki o’z mahsulotlari va xizmatlarini reklama qilishlari mumkin.
  • Uskunalar ishlab chiqaruvchilarining uchinchi tomon ustaxonalarida qurilmalarni ta’mirlashga ruxsat bermasliklarini taqiqlovchi qonun chiqarish. Endi kompaniyalar o’zlarining ustaxonalaridan tashqarida ta’mirlashga cheklovlar qo’yishmoqda — bu ta’mirlashni juda qimmatga olib keladi va ehtiyot qismlarning tarqalishini cheklaydi.

Shuningdek, hujjatda Internet-provayderlarga qaratilgan chora-tadbirlar mavjud. Hozirda odamlar provayderlar orasida juda kam tanlovga ega, bu esa narxning oshishiga olib keladi.

Farmon “tarmoq betarafligi” qoidasini tiklaydi. Ya’ni kontent blokirovka qilishni, sekinlashishni yoki tezlikni oshirgani uchun xaridorlarni ko’proq pul to’lashni taqiqlaydi. Qoidalar Prezident Barak Obama tomonidan qabul qilingan va Prezident Donald Tramp tomonidan bekor qilingan edi.

Avvalroq Spot, Bayden Amerika iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan tashabbusni e’lon qilgani haqida yozgan edi.