Xiaomi dunyodagi smartfonlar savdosi yetakchilari ro’yxatida 2-o'ringa ko’tarildi va “Apple"ni ortda qoldirdi. Bu haqda manbalarda asoslanib Forbes Russia xabar berdi.

Ro’yxatning TOP-3 yetakchisi sifatida Samsung kompaniyasi (19%), Xiaomi (17%) va uchinchi o’rinda Apple (14%) egallab turibdi.

“Xiaomi jahon bozorida o’z biznesini tezkorlik bilan kengaytirmoqda. Lotin Amerikasiga smartfonlar yetkazib berish hajmi 300% ga, Afrika mintaqasiga 150% ga va G’arbiy Yevropaga esa 50% ga oshgan”, — deydi “Canalys” tadqiqot markazi direktori Ben Stenson.

Uning fikricha, Xiaomi smartfonlarining o’rtacha narxi Samsung (40%) va Apple (75%) kompaniyalari mahsulotiga qaraganda ancha past.

Shuning uchun joriy yilda kompaniya Mi 11 Ultra seriyasiga mansub qimmat smartfonlarni ishlab chiqarishn yo’lga qo’ymoqchi.

Ma’lumot uchun: Xiaomi kompaniyasi AQSH Kongressi va Mudofaa vazirligi tomonidan yanvar oyida qora ro’yxatga kiritilgan edi. Fevral oyining boshidan kompaniya qaror yuzasidan shtat sudiga murojaat qildi va qora ro’yxatdan chiqishga muvaffaq bo’ldi.

Shu bilan birga Xiaomi, Huawei kompaniyasining sanksiyaga tushgan ligidan foydalangan holda, bozorda talab yuqori bo’lgan mahsulotlarni yetkazib bermoqda.