“Apple” o’z foydalanuvchilari uchun yangi xizmat ustida ish olib bormoqda. Unga ko’ra, iste’molchilar xohlagan turdagi mahsulot uchun Apple Pay orqali bo’lab to’lash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu haqda Bloomberg nashri yozadi.

Ushbu loyihaning hamkori sifatida Goldman Sachs banki ishtirok etmoqda.

Yangi xizmatni kompaniya “Apple Pay Later” deb nomlamoqda.

Apple Pay orqali sotib olish uchun pul to’laydigan foydalanuvchiga to’lovni ajratish uchun ikkita variantni taklif qilishadi — har ikki haftada to’rt marta foizsiz to’lovga yoki bir oyga cho’zilgan, ammo foizli bo’lgan to’lov.

Xizmatni chakana savdo do’konlarida ham, Internet-do'konlarda ham sotib olish mumkin bo’ladi. Bloomberg ta’kidlashicha, “Apple” Apple Pay bilan tuzilgan bitimlarning foizini oladi, bu esa kompaniyaga yiliga $50 mlrddan ko’proq qo’shimcha daromad keltiradi.