Uzbekistan Airways AJ Toshkent — Bishkek — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirayotganligi haqida eslatma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, aviaqatnovlar haftada 3-marta dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Taʼkidlanishicha, Toshkent — Bishkek yoʻnalishida aviachipta 1 052 609 soʻmdan, Toshkent — Bishkek — Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalar esa 2 165 461 soʻmdan boshlanadi.

Avvalroq Spot “Flynas” aviakompaniyasi Ar-Riyod — Toshkent — Ar-Riyod muntazam aviaqatnovini amalga oshirishi haqida yozgan edi.